MAXFIYLIK SIYOSATI

Homiladorlik davri sizning homiladorligingiz, farovonligingiz va chaqalog’ingizning rivojlanishi haqida ma’lumot beradi va sizga kontent, forum, maslahatlar va boshqa xizmatlarni taqdim etadi ("Xizmatlar"). Ushbu Maxfiylik siyosati Xizmatlarimizdan foydalanganda maxfiylik amaliyotini, shuningdek, biz qanday ma’lumotlarni to’plashimiz, nima uchun to’plashimiz va biz ma’lumotlardan qanday foyalanishimiz, shuningdek sizning shaxsiy huquqlaringizni tushunishingizga yordam berish uchun mo’ljallangan.

Ushbu Maxfiylik siyosati "Untec" tomonidan boshqariladigan yoki nazorati ostidagi Ilova tomonidan to’plangan yoki ishlov berilgan shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan qo’llaniladi.

Biz qanday shaxsiy ma’lumotlarni yig’amiz va ulardan qanday foydalanamiz

Siz bzning Xizmatlarimizdan foydalanayotganingizda, jumladan, Ilovaga yuklab olish, o’rnatish, kirish va boshqa Xizmatlardan foydalanish paytida, biz quyida batafsil tavsiflangan shaxsiy ma’lumotlarni yig’amiz. Ushbu shaxsiy ma’lumotlardan siz talab qilgan xizmatlarni shartnomaviy ehtiyoj sifatida bajarish, qonuniy manfaatlarimiz asosida xizmatlarni boshqarish, taqdim etish, takomillashtirish, sozlash, qo’llab-quvvatlash va marketing ishlari uchun mumkin bo’lgan qonuniy majburiyatni bajarish uchun foydalanishimiz mumkin. Agar biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni to’plash va qayta ishlashimizni istamasangiz, siz xizmatlardan foydalana olmasligingiz mumkin.

Maxfiy shaxsiy ma’lumotlar

Xizmatlarimizdan foydalanishingizning sifati yanaqa yuqori bo’lishi uchun bizdan sizdan bir qator shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishingizni talab qilishimiz mumkin, shu jumladan

Gmail akkaunti

Telefon raqami

Taxminiy tug’ruq vaqti yoki hayz vaqti

Boshqa shaxsiy ma’lumotlar

Boshqa maxfiy shaxsiy ma’lumotlar

Biz sizdan Ilova orqali yoki boshqacha tarzda boshqa maxfiy shaxsiy ma’lumotlarni yubormasligingizni va oshkor qilmasligingizni so’raymiz (masalan, ijtimoiy xavfsizlik raqamlari, irqiy yoki etnik kelib chiqishi bilan bog’liq ma’lumotlar, siyosiy qarashlar, din yoki boshqa e’tiqodlar, sog’liq, biometriya yoki irsiy xususiyatlar, jinoiy ma’lumot yoki savdo palatasi a’zoligi).

Jurnal ma’lumotari (Log)

Har qachon bizninig Xizmatlarimizdan foydalanganingizda, va shu payt Ilovada xatoliklar yuz berganda, biz Jurnal ma’lumotlati (Log) deb nomlangan telefoningizdagi xatolik ma’lumotlarini to’playmiz. Bu ma’lumotlar qurilmangiz Internet Protocol ("IP") manzili, qurilma nomi, operatsion tizim versiyasi, Xizmatlarimizdan foydalanayotgan paytdagi Ilovaning sozlamalari, sanasi va vaqti, va boshqa statistik ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.

Akkaunt ma’lumotlari

To’plangan shaxsiy ma’lumotlar akkaunt yaratish va boshqarish uchun ishlatiladi. Ilovaga xavfsiz kirish uchun siz o’z akkauntingizdan foydalanishingiz mumkin. Agar siz Ilovaga kirish uchun akkaunt yaratsangiz, biz sizning savol va e’tirozlaringizga javoban siz bilan bog’lana olamiz.

Akkaunt

Biz akkaunt yaratishda sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni to’playmiz. Biz to’playdigan shaxsiy ma’lumotlarga: foydalanuvchi nomingiz, ismingiz, yoshingiz, elektron pochta manzilingiz, jinsingiz, mamlakatingiz, tilingiz, muddati, joylashuvi va parolingiz kabi ma’lumotlar kiradi.

Google / Telegram orqali kirish

Biz Google / Telegram orqali kirish funksiyasidan foydalanamiz. Bu sizga Google / Telegram akkauntingiz bilan Ilovaga kirishga imkon beradi . "Untec" sizning Google / Telegram akkauntingiz bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlar, shu jumladan ismingiz, telefoningiz, elektron pochta manzilingiz va rasmni to’playdi.

Mijozlarni qo’llab-quvvatlash

Sizga qo’llab-quvvatlash xizmatini ko’rsatishimiz uchun siz Xizmatlarimizdan foydalanishingiz bilan bog’liq ma’lumotlarni va siz bilan bog’lanish uchun kerak bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etishingiz kerak bo’ladi. Biz mijozlarga Xizmatlarimizni yaxshilash, xatoliklarni to’g’irlash va sozlash Xizmatlarini ko’rsatamiz. Shuningdek, sizning arizangizga javob berish uchun, siz taqdim etgan ma’lumotlardan foydalanishimiz mumkin.

Ma’lumotlaringizni qancha vaqt saqlaymiz?

Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni ular to’plangan maqsad(lar)ga binoan kerak bo’lmagunicha yoki ruxsat berilganicha saqlab turamiz. Bu shuni anglatadiki, sizning hisob qaydnomangiz bor ekan, biz sizning akkaunt ma’lumotlaringizni saqlab qo’yamiz. Eski ma’lumotlar bizning serverlarimizda arxivlangan formatda saqlanishi mumkin va ular Ilovaning talabiga binoan tiklanadi.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqalar bilan bo’lishish

Asosiy ma’lumot

Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni uchinchi shaxlarga va Ilovani boshqa foydalanuvchilariga taqdim etmaymiz, va sizga ham tavsiya qilmaymiz. Shaxsiy ma’lumotlaringizni Ilovaning boshqa foydalanuvchilariga taqdim etgan holatlarga va ular olib kelgan oqibatlarga biz javobgarlikni o’z zimmamizga olmaymiz.

Ruxsatnomalar
Ilova sizning mobil qurilmangizni yoki sensorlarni (masalan, kamera, Wi-Fi, geo-joylashuv yoki Bluetooth) yoki boshqa ma’lumotlarga (masalan, fotosuratlar, kun tartibi yoki kontaktlar) ishlatish huquqini so’rashi mumkin.

Biz bunday ma’lumotlardan faqat sizga Xizmatlarni taqdim qilish kerak bo’lganda va faqat aniq roziligingizni berganingizdan keyingina foydalanamiz.

Ba’zan, bu kabi ruxsatnomalar sizning mobil qurilmangizning operatsion tizimlarining texnik shartidir. Bunday holda, Ilova sizdan bunday sensorlar yoki ma’lumotlarni ishlatish uchun ruxsat so’rashi mumkin, ammo bu kabi ruxsatnomalarni biz sizga Xizmat ko’rsatish uchun zarur bo’lganda va faqat siz rozilik berganingizdan keyingina biz bunday ma’lumotlarni yig’maymiz.

Xizmat ko’rsatuvchi provayderlar

Ilovamizni uzluksiz ishlashini ta’minlash, yaxshilash, qo’llab-quvvatlash va marketing ishlari uchun uchinchi tomon xizmatlaridan foydalanamiz. Shaxsiy ma’lumotlaringizni quyidagi xizmat ko’rsatuvchi provayderlar bilan bo’lishishimiz mumkin:

Firebase va Amazon Web Services

Ushbu xizmat ko’rsatuvchi provayderlar Ilovani ishga tushirish yoki xizmatlarni taqdim qilish uchun zarur bo’lgan zaruriy apparat, dasturiy ta’minot, tarmoq, saqlash, tranzaksiya xizmatlari va / yoki ulargan tegishli texnologiyalarni taqdim qiladi. "Untec" xizmat ko’rsatuvchi provayderlaridan, biz taqdim etayotgan xavfislik darajasiga mos xavfizlik darajasini taqdim etishini talab qiladi. Biz xizmat ko’rsatuvchi provayderlarimizdan, sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni faqat bizning ko’rsatmalarimizga muvofiq va faqat yuqorida aytib o’tilgan aniq maqsadlar uchun qayta ishlashini, ma’lum bir xizmatni yetkazib berish uchun zarur bo’lgan minimal ma’lumotlarga ega bo’lishlarini va shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilishni talab qilamiz.

Crashlytics

Biz Crashlytics-dan tahliliy hisobot va foydalanish tahlilini olish uchun foydalanamiz. Biz Ilova tomonidan yaratilgan ushbu ma’lumotlardan, Ilovamizdan foydalanishingiz darajasini baholash va Ilovani faoliyati to’g’risidagi hisobotlarni tuzish uchun foydalanamiz.

Reklama

Biz Ilovamiz oqrali reklama ko’rsatish natijasida ma’lumotlarni to’plashning aniq uslublarini qo’llaydigan uchinchi tomon reklama texnologiyalarini ishlatamiz. Ushbu ma’lumotlar reklama texnologiyalarini taqdim etayotgan korxonaga faqatgina bizning Maxfiylik siyosatimizga muvofiq foydalanilishga berilishi va oshkor qilinishi mumkin. Bizga reklama xizmatlarini taqdim etadigan korxonalar, to’plangan ma’lumotni boshqa xizmatlar yoki mahsulotlardan mustaqil ravishda to’plangan boshqa ma’lumotlar bilan birlashtirishi mumkin. Garchi biz bunday reklama korxonalariga ushbu Maxfiylik siyosatining shartlariga rioya qilishni tijorat nuqtai nazaridan to’g’ri tushuntirgan va ta’kidlagan bo’lsak ham, biz uchinchi tomon texnologiyalarini boshqarish huquqiga ega emasmiz.

Forum

Ilovamizning Forum bo’limidan foydalanganingizda yanada yaxshiroq taassurot olishingiz uchun biz quyidagi shartlar ishlab chiqdik:

Bizning Ilovadan foydalanishingiz bilan bizning Maxfiylik siyosati va shartlarning barcha bandlariga rozilik berganingizni bildirasiz. Agar siz yuqorida qayd etilgan bandlarga rozi bo’lmasangiz, bizning Ilovadan foydalanmasligingizni tavsiya qilamiz.

Bog’lanish uchun ma’lumot

Agar sizda ushbu Maxfiylik siyosati bo’yicha savollaringiz bo’lsa, elektron pochta orqali biz bilan bog’lanishingiz mumkin: untecidea@gmail.com